Şuningdek, Ukrainaga darhol taxminan 1,5 mlrd dollar (1,3 mlrd yevro) tölanişi ham nazarda tutilgan. Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni XVJ matbuot xizmati xabar qildi.

Moliyalaştiriş Ukraina uçun 136,5 mlrd dollar (115,6 mlrd yevro) miqdoridagi xalqaro qöllab-quvvatlaş paketining bir qismi hisoblanadi.

Dastur makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaş, şuningdek boşqaruv sohasini ham öz içiga olgan tarkibiy islohotlarni ilgari surişga qaratilgan. Maqsad — uruşdan keyin barqaror tiklanişni ta’minlaş va Ukrainaning YeIga a’zo böliş yölidagi harakatini qöllab-quvvatlaş.

Jamğarma qöşimça qilişiça, kreditning ma’qullanişi Ukraina xalqaro donorlari va hamkorlari tomonidan katta hajmdagi imtiyozli moliyalaştirişni safarbar etişga yordam berişi kutilmoqda.

XVJ ta’kidlaşiça, yangi dastur avval amal qilgan EFF-2023 kreditlaş mexanizmiga tayanadi va bir vaqtning özida jang harakatlari davom etayotgani bilan boğliq muammolarni ham hal qilişga qaratilgan.

Mablağlar tört yil davomida 136,5 mlrd dollarlik budjet taqçilligini qoplaşga yönaltiriladi. Reuters agentligi eslatişiça, bu hafta Jahon banki, YeI, BMT va Ukraina hukumati yangi hisobot e’lon qildi: unga köra, Ukrainani keyingi ön yilda tiklaş uçun 588 mlrd dollar (498 mlrd yevro) talab etiladi.

XVJ boş direktori Kristalina Georgiyevaning aniqlik kiritişiça, Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlansa, dastur tezkor ravişda moslaştirilişi mumkin. Kredit, şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va soliq tölaşdan böyin tovlaşning oldini olişga qaratilgan tarkibiy islohotlarni ilgari surişga xizmat qilişi kerak.

XVJ prognoz qilişiça, 2026 yilda Ukraina iqtisodiyoti 1,8–2,5 foizga ösadi, inflatsiya esa, ehtimol, 6,1 foiz atrofida saqlanib qoladi.

Uruş boşlanganidan beri Ukrainada iqtisodiy faollik front çiziğidan ğarbiy hududlarga köçgan, mudofaa sanoatida bandlik körsatkiçlari oşgan.

Berlindagi Rockwool fondi tadqiqotiga köra, Rossiyaning töliq kölamli bosqini boşlanganiga tört yil bölganiga qaramay, Ukraina mehnat bozori xavotirlarga zid ravişda hayratlanarli barqarorlik namoyon etmoqda. Reuters 22 fevral kuni tadqiqot natijalarini keltirib, uruşning ilk oylarida 20 foizdan oşgan işsizlik hozir taxminan 11 foizni taşkil etişini — ya’ni uruşdan oldingi darajadan atigi bir neça foiz punktga yuqori ekani haqida xabar bergan.