O‘zbekiston | 12:45 / 04.07.2017
31170
2 daqiqa o‘qiladi

Issiqko‘lga O‘zbekistondan ilk samolyot uchib bordi

Bugun, 4 iyul kuni birinchi marta «Toshkent–Issiqko‘l–Toshkent» reysi amalga oshirildi. Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Tomchi aeroportiga O‘zbekistondan birinchi reys amalga oshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK matbuot xizmati ma'lumot bergan. 

Qayd etilishicha, bu 10 yil ichida birinchi marta o‘zbekistonliklar Issiqko‘lga uchib borishi bo‘ldi.

«Bugun Issiqko‘lga Toshkentdan amalga oshirilgan reys orqali 200 nafar sayyoh keldi» , — deyilgan K-News xabarida.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu marshrut bo‘ylab charter parvozlar shu yilning 29 avgustigacha Boeing 757 avialaynerlarida haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi.

Seshanba kuni Toshkentdan samolyot soat 8:10 da Issiqko‘lga yetib boradi, Toshkentga esa soat 12:40da uchib ketadi.

«Toshkent–Issiqko‘l–Toshkent» yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga shu yilning aprelida milliy aviakompaniya rahbariyati hamda Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda erishilgandi.

Mavzuga oid