Xöş, “Özbekiston havo yöllari” bunday vaziyatlarga tayyormi?

Rus aviakompaniyasi Red Wings samolyoti RWZ-1512 raqamli reys bilan Toşkentdan Qozonga uçib, qönadigan vaqtida Ukrainaning bu şaharga havodan hujumiga töğri kelib qoldi. “Kovyor” rejasi tufayli havo kemasi manzilga qöna olmay, 80 kilometr masofada aylanib turgan.

Toşkent vaqti bilan soat 10:25 da samolyot Samara tomon yöl olib, Kurumoç xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qöngan.

Tatariston hukumati dron hujumi 20 yanvarga ötar keçasi sodir bölganini tasdiqladi. Guvohlarning sözlariga köra, hujum oqibatida samolyot zavodi hududidagi böş sisterna yonib ketgan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa bir keçada jami 31 ta dron urib tuşirilganini ma’lum qildi. Qurbonlar va jiddiy zararlar qayd etilmagan.

Özbekistondagi aviakompaniyalar bunday vaziyatlarga tayyormi?

Ukraina bilan uruş davom etar ekan, Rossiya osmoni fuqarolik samolyotlari uçun ham xavfli bölib qoldi. 25 dekabr kuni Ozarboyjon havo yöllariga tegişli samolyot Bokudan Grozniyga uçib, xuddi şunday havodan hujum tufayli Oqtovga yönaltirilgan va aviahalokatga uçragan edi.

Kun.uz “Özbekiston havo yöllari” AJ matbuot xizmati bilan boğlanarkan, aviakompaniya bunday vaziyatlarga qançalik tayyor yoki yöqligini söradi. Aytilişiça, Rossiya osmonidagi vaziyat ortidan aviakompaniya huşyorlikni oşirgan. Agarda samolyotlardan biri xuddi şunday havodan hujum holatiga duç kelsa, havo kemasi komandiri eng sönggi ma’lumotlar asosida keyingi harakatini aniqlaştiradi.

“Ha, bu holatlarga har bir aviakompaniya uçuvçilari tayyor turişadi. Havo kemasi komandiri vaziyatni baholab, parvoz davomidagi eng sönggi ma’lumotlarni aniqlaştiradi hamda şunga tayanadi. Söngra aviakompaniyaning belgilangan qoidalariga muvofiq eng xavfsiz parvozni ta’minlaş uçun harakat qiladi”, - deydi matbuot xizmati.