Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiq suv rejali o‘chiriladi (grafik)
Bu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun kerak, deya izoh berdi Veolia. Avvalroq profilaktik maqsadlarda ichimlik suvi ham vaqtincha o‘chirilishi ma’lum qilingandi.
Foto: Depositphotos
Veolia kompaniyasi kuzgi profilaktika ishlari munosabati bilan sentabr-oktyabr oylarida Toshkent shahrida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan mavzelar va ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qildi.
“Hurmatli iste’molchilar, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur. Vaziyatni tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz”, – deyiladi kompaniya axborotida.
Issiq suv ta’minoti vaqticha to‘xtatiladi:
8–12 sentabr
Ko‘chalar: Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzok Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza
Massivlar: Qorasuv–1,2,3,4,6; Bo‘z–2; Feruza
Ko‘chalar: Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortal, Guliston, Farhod, Choponota, Bog‘iboston, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin va boshqalar
Massivlar: Chilonzor (5–26, 30, 31, G9A, 20A), Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy–1,2, Beshqayraqo‘ch, Izza, O‘rikzor bozori atrofi
15–19 sentabr
Ko‘chalar: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent
Massivlar: Tuzel–1÷4, Uysozlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1,1a,2,3,4)
Ko‘chalar: Amir Temur, Mustaqillik, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqalar
Massivlar: Markaz–1,2,4,5,7; Oqtepa, Chilonzor (1–5,7,E,I), Kushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi
22–26 sentabr
Ko‘chalar: Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on va boshqalar
Massivlar: Yalang‘och, Toshqishloqmach, Mavlono Riyoziy, Bo‘z–1, ToshGRES posyolkasi
Ko‘chalar: Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Shifonur, Chorsu maydoni va atrofi
29 sentabr – 3 oktyabr
Ko‘chalar: Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Dehqonobod, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Yunusobod va boshqalar
Massivlar: Beltepa, Ibn Sino–1,2, Jarariq, Beshqo‘rg‘on–1÷4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod (1–19), Sebzor
6–10 oktyabr
Ko‘chalar: Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod va boshqalar
Massivlar: Qo‘yliq–1÷7, Qo‘yliq–Aylanma
Ko‘chalar: Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinar, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli 1–8A, Yulduz 1–18
«Vodnik» massivi (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir)
«Quruvchi» massivi (Sergili)
Avvalroq sentabr-oktyabrlarida Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti ham rejali o‘chirilishi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini aholi uchun 15 foizga ko‘tarishga qaror qilingan. Yangi tarif 15 oktyabrdan kuchga kirishi mumkin.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025