O‘zbekiston | 17:37 / 22.12.2016
16862
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq mis konida rudalarni qayta ishlash miqdorini ko‘paytiradi

Foto: agmk.uz

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) «Qalmoqqir» konidagi kombinatning asosiy xom ashyo bazasini kengaytirdi.

Korxona ma'lumotlariga ko‘ra, loyiha ochiq mis konida rudalarni qayta ishlashni miqdorini ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu esa 2017 yilda qo‘shimcha 4 million tonna ko‘proq xom ashyo qayta ishlanishiga yordam beradi. Asosiy texnologik qurilmalar Rossiyaning «Tyajmash» AJ (Sizran) tomonidan yetkazib beriladi.

Umumiy qiymati 75,2 million dollarlik bo‘lgan loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasining 28 million dollarlik krediti, shuningdek O‘zbekiston banklari krediti hamda OKMKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ma'lumot uchun, OKMK joriy yil boshida 118 million dollarlik qiymatga ega to‘yintiruvchi majmua modernizatsiyasini yakuniga yetkazdi. Bunda ham qurilmalar «Tyajmash» tomonidan yetkazib berilgandi. U 2012 yilning oxirlarida imzolangan 73,9 million dollarlik shartnoma doirasida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, OKMK - O‘zbekistondagi yagona mis ishlab chiqaruvchisi sanaladi. «Qalmoqqir» konida esa 1954 yildan buyon rudalar qazib olinadi. Uning loyiha quvvati bir yilda 31,5 million tonna rudani tashkil etadi. 
 

Mavzuga oid