Lukashenko ham Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda Belarus prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, Mirziyoyevga telefon qilgan Lukashenko uni saylovlardagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagan. Suhbatda tomonlar o‘zaro hamkorlikning barqaror rivojlanayotganini e'tirof etgan. Shuningdek, Belarus va O‘zbekiston hamkorlikni yanada yaxshilash imkoniga egaligi aytilgan.
«Saylovdagi ishonchli g‘alaba sizning avtoritetingiz qanday yuqori ekanini ko‘rsatib turibdi. Xalqingiz kuchli, mustaqil va zamonaviy davlat tuzish yo‘lidagi harakatlaringiz to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini tasdiqladi», deyilgan Lukashenkoning telegrammasida.
Suhbat yakunida Aleksandr Lukashenko tez orada yuzma-yuz uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni yana bir bor muhokama qilishga umid bildirgan.
Shavkat Mirziyoyevni birinchi bo‘lib Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagandi. O‘zbekiston prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylov natijalari hali e'lon qilingani yo‘q. Natijalar Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:33 / 16.09.2024
Lukashenko yana 37 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
00:12 / 13.09.2024
Lukashenko Qorabog‘ atrofidagi voqealarda Armaniston rahbariyatini aybladi
15:37 / 04.09.2024
Lukashenko 2020 yilgi namoyishlarning 30 ishtirokchisini afv etdi
20:56 / 22.08.2024