Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko özini yana davlat rahbari deb e’lon qilgan 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridagi soxtalaştirişga qarşi namoyişlarda qatnaşganlikda ayblangan 30 kişini afv etdi. Bu haqda 4 sentabr, çorşanba kuni uning matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlik kiritilişiça, afv etilganlar orasida 23 nafar erkak va 7 nafar ayol bor. Mahkumlarning aksariyati voyaga yetmaganlar va yoş bolalarning ota-onalari. «Bu şaxslarning barçasi afv etiş uçun majburiy şartlarga rioya qilişdi - ular keçiriş uçun ariza berişdi, ayblarini tan olişdi, çin dildan puşaymon bölişdi va qonunga böysunadigan turmuş tarzini olib borişga va’da berişdi», - deya Lukaşenkoning matbuot xizmatidan iqtibos keltiradi Rossiyaning «Interfaks» axborot agentligi.
«Ozod qilinganlarning xulq-atvori ustidan nazorat respublika Içki işlar vazirligi tomonidan ta’minlanişi» körsatilgan.
16 avgust kuni ham Aleksandr Lukaşenko butun mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan 30 nafar siyosiy mahbusni afv etiş haqidagi farmonni imzoladi.
Belarusda 2020 yilgi namoyiş iştirokçilari ta’qib qilinişi
2020 yil 9 avgust kuni Belarusda bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan söng mamlakatda ommaviy norozilik namoyişlari tölqini kuzatildi. Namoyişçilar yangi, adolatli saylovlar va siyosiy mahbuslarni ozod qilişni talab qildilar, ularga iş taşlaşga çiqqan korxonalar işçilari ham qöşildi. Namoyişlarni tarqatişda xavfsizlik kuçlari namoyişçilarga nisbatan şafqatsizlik körsatdi. Namoyişlarning dastlabki kunlaridayoq, Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, mamlakat böylab deyarli 7 ming kişi qölga olingan, kamida ikki kişi halok bölgan.
Keyinçalik namoyişlar çoğida uşlangan köplab belarusliklar tergov izolyatoridagi qiynoqlar va ğayriinsoniy şaroitlar haqida gapirdi. 2020 yilda Belarusdagi norozilik namoyişlarida qölga olingan 680 kişi xavfsizlik kuçlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Belarus Respublikasi Tergov qömitasiga ariza bilan murojaat qilgan. Bir yil ötgaç, Belarus Tergov qömitasi matbuot xizmati «jinoyat tarkibi yöqligi sababli» biron bir jinoiy iş qözğatilmasligi haqida bayonot berdi.

















