Apple iPhone 13 taqdimotini o‘tkazdi
Apple kompaniyasi yangi iPhone 13 smartfonining taqdimotini o‘tkazdi. Yangi modelning qator ustunliklari sanab o‘tildi. Xususan, uning akkumulyatori kun davomida ishlashiga imkon berishi aytildi. Shuningdek, yangi iPhone'da kinomotografiya rejimi mukammalashtirilgan va video olayotganda ranglar, yorug‘lik avtomatik to‘g‘rilanadi.
Yangi modelni mijozlar xotirasiga qarab tanlashi mumkin bo‘ladi. iPhone 13 Pro modelining 128 gb, 256 gb va 512 gb xotiraga ega turlari sotuvga chiqadi. Flagman modellar uchun 1 terrabayt xotira bo‘lishi aytildi. Eng kuchli 5 yaderli grafik protsessorga ega iPhone grafit, oltin, kumush va osmonrang tusli yangi ko‘rinishlarda ham ishlab chiqariladi.
iPhone 13 modeli 999 dollar, iPhone Pro Max esa 1099 dollardan sotuvga chiqarilgan.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024