Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
Rossiya App Store do‘konidan o‘chirilayotgan VPN-ilovalar soni ortmoqda. Oxirgi ikki oyning o‘zida Apple kompaniyasi qariyb 60 ta VPN-ilovani o‘chirib tashlagan.

Foto: Getty Images
Apple kompaniyasi Rossiya App Store do‘konidan 98 ta VPN-ilovani o‘chirib tashladi, deb xabar beradi GreatFire loyihasi.
Qayd etilishicha, oxirgi ikki oyda — iyul boshidan 18 sentabrgacha — kompaniya qariyb 60 ta VPN-ilovani o‘chirib tashlagan. Senzuraga uchraydigan saytlar holatini kuzatib boruvchi loyihaga ko‘ra, VPN-ilovalarning 20 foizdan ortig‘i Apple tomonidan ommaviy ogohlantirishsiz bloklangan.
4 iyul kuni «Roskomnadzor» Apple o‘zining App Store do‘konidagi 25 ta VPN-ilovani Rossiya hududida bloklab qo‘yganini ma’lum qilgandi.
«Apple tomonidan 60 ta VPN-ilovaning yashirincha o‘chirilishi nafaqat vahima keltirib chiqaradi — bu raqamli erkinlik va maxfiylikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdiddir. Bunday muhim vositalardan shaffoflik yoki tegishli jarayonsiz foydalanishni bir tomonlama cheklash, Apple kompaniyasini hukumat senzurasini qo‘llashga aloqador qilib qo‘yadi. Biz Appleʼdan inson huquqlari sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishini va ushbu harakatlari uchun tushuntirish berishini talab qilamiz», — deydi App Censorship loyihasi direktori Benjamin Ismail.
Rossiyada VPN-servislarni bloklash Ukrainaga qarshi to‘laqonli urushdan oldin boshlangan, ammo oxirgi vaqtlarda foydalanuvchilar bunga ko‘proq duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Xitoy hukumati talabi bilan Apple bir qator ilovalar – WhatsApp, Telegram, Signal, Line va Threads messenjerlarini xitoycha App Store’dan olib tashlagandi. Mamlakat kibermakon ma’muriyatiga ko‘ra, mazkur ilovalarning ayrimlari XXR yetakchisi haqidagi «shubhali» siyosiy kontentni o‘zida saqlaydi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
Jahon | 15:12
-
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
Iqtisodiyot | 15:06
-
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Istanbulga borishni rad qilgan Putin, Trampning Qatardagi trillionlik kelishuvlari va G‘azodagi shifoxonaga zarba – kun dayjesti
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025