Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza berishni vaqtincha to‘xtatdi
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma'lum vaqtga yopiladi. Elchixona buni “tashqi siyosatdagi maxsus vaziyat” bilan izohladi.
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida, ayniqsa, viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilingan.
Yangi vizaga yozilish vaqtlari haqida hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar berilishi ma'lum qilindi.
“So‘rovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz. Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi. Tushunganingiz uchun rahmat”, – deyiladi elchixona rasmiy relizida.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Germaniya Afg‘onistondan o‘z fuqarolari va boshqa yevropaliklarni faol evakuatsiya qilmoqda. Bunda Toshkent aeroportining mahalliy terminalidan foydalanilmoqda.
Mavzuga oid
16:08
Berlin va Brandenburgda Rossiyaning ehtimoliy agentlari ushlandi
11:42
Germaniya ayblovi: Rossiya Ukrainaga qarshi “sovuq quroli”ni ishga soldi
09:31
GFR vitse-kansleri: Trampning bojlardan voz kechganidan xursand bo‘lishga hali erta
23:18 / 21.01.2026