Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etildi
2025 yil 1 iyuldan go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, don, guruch, mineral o‘g‘itlar, charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsulotlar, shuningdek, tabiiy gaz, paxta tolasi kabi strategik xomashyo mahsulotlariga eksport bojxona bojlari joriy etildi. Qator holatlarda eksport bojlari bekor qilinayotgan yig‘imlar o‘rnini egallaydi. Shu tariqa, eksport tartib-taomillari JST qoidalariga muvofiqlashtirilishi ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
2025 yil 14 martda prezidentning “Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Farmon bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:
- Charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga (amalda mazkur tovarlarni eksport qilish uchun uyushmalarning yig‘imlari belgilangan bo‘lib, endilikda ular bekor qilindi);
- Go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, don, guruch, mineral o‘g‘itlar, charm xomashyosi, PeT chiqindilar, rangli metallom va chiqindilariga (amalda ushbu tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yoki hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qilish mumkin edi. Endi ushbu talablar bekor qilindi);
- O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral o‘g‘itlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi);
Mazkur farmon eksport tartib-taomillarini yanada takomillashtirish, mahalliy xomashyo asosida qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va qayta ishlash sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq bojxonada yuk mashinasini bo‘laklarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlangani ma’lum qilingandi. Hujjatlarda avtomobilning 11 turdagi ehtiyot qismlari deb ko‘rsatilgan yuklar aslida yaxlit bitta tovar – tayyor holatdagi samosvalning bo‘laklari bo‘lib chiqqan. Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, bu orqali yuk egasi 800 mln so‘mlik bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lgan. Iqtisodchilar bunday holatlar mahalliy ishlab chiqaruvchini himoyalash uchun joriy etilgan yuqori bojlarning oqibati ekanini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
Mavzuga oid

15:14 / 27.03.2025
“Cobalt'ga shartnoma olishga o‘xshab...” - Piskentdagi laboratoriyaga navbat olish qiyinlashib ketdi

11:23 / 26.03.2025
Tramp yangi bojlar joriy etishi mumkin

10:04 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi

09:51 / 17.03.2025