Istiqbolli loyihalar milliy agentligi rasmiysi Komron Muhammadiyev Kun.uz bilan suhbatda buning bir neçta sabablarni keltirdi.
Yangi tartibda bond omborlari uçun ikkita röyxat şakllantirilgan. Birinçi röyxat elektronika mahsulotlarini öz içiga oladi va ular 5 foizlik yagona bojxona boji bilan erkin sotilişi mumkin. Ikkinçi röyxat esa kiyim-keçaklarga tegişli bölib, 30 ta tovar pozitsiyasini qamrab oladi va aynan şu röyxatdagi mahsulotlar uçun bond omborida global brendlar savdosiga çeklov qöyilgan.
Muhammadiyev bu qaror içki çakana savdoni himoya qiliş va bozordagi muvozanatni saqlaş maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.
“Bugungi kunda global brendlar, ayniqsa, kiyim-keçak segmentida Özbekistonga rasmiy tarzda kirib kela boşlagan. Ularning öziga xos talablari bor – savdo nuqtalaridan tortib, franşiza asosida işlaş tizimigaça. Bu brendlarning rasmiy kirib kelişi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir körsatadi: yangi iş örinlari yaratiladi, xizmatlar sifati oşadi”, – deydi u.
Rasmiyga köra, agar global brendlar bond omborlari orqali sotilişiga ruxsat berilsa, ularning mamlakatga rasmiy kirib kelişi qiyinlaşadi.
“Agar biz ularga bond omborlari orqali savdo qiliş imkonini bersak, ularning rasmiy kirib kelişi amrimahol bölib qoladi. Şu sababli mazkur çeklov joriy etilgan”, – deya izoh berdi Muhammadiyev.
Şu bilan birga, u global brendlar taqiqlangani bilan sifatli kiyim-keçaklar savdosiga tösiq yöqligini qayd etdi. Global brendlar röyxatiga kirmaydigan, ammo sifatli kiyim-keçak va poyabzal işlab çiqaruvçi kompaniyalarning tovarlari bond omborlari orqali erkin kirib kelişi mumkin.
Muhammadiyev yana bir jihatga e’tibor qaratdi: global brendlar uçun allaqaçon pasaytirilgan stavkalar amal qilmoqda.
“Prezident qarorlariga muvofiq, global brendlar uçun boj stavkalari pasaytirilgan. Hozirda ular uçun bojlar taxminan 5 foizdan 7,5 foizgaça belgilangan. Holbuki, boşqa kiyim-keçak mahsulotlari uçun örtaça boj stavkasi 20 foiz atrofida”, – dedi u.
ILMA vakiliga köra, mazkur imtiyozlar global brendlarning Özbekistonga rasmiy kirib kelişini rağbatlantirişga qaratilgan. Bu esa öz navbatida iste’molçilar uçun qulaylik yaratadi.

















