Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev uchinchi raundda Rikardo Espinosani texnik nokaut bilan mag‘lub etib, WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Jangdan keyin u mutlaq chempion Naoi Inouega qarshi ringga chiqishni aytdi.
Foto: Mark Robinson / Matchroom Boxing
15 dekabr, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Monte-Karloda professional boks kechasi o‘tkazilib, oqshomning markaziy jangi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ishtirokida o‘tdi.
Professional boksning yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 30 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raundga belgilangan jangda WBA Interim (vaqtincha) chempionlik kamari tikilgan edi.
Jangni shiddatli boshlagan Murodjon 3-raunddayoq raqibini ringga qulatdi. Ushbu raundda Espinosani ikki marta nokdaun holatiga tushirgan o‘zbek bokschisi 3-marta raqibini ringga yiqitgach, referi texnik nokaut qayd etib, jangni to‘xtatdi. Natijada, Ahmadaliyev WBA Interim kamari sohibiga aylandi.
Jangdan keyin o‘zbekistonlik bokschi 2025 yilda yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoi Inouega qarshi ringga chiqishni kutayotganini aytdi. Ahmadaliyev Naoidan kamar sohibligi yo‘qotishdan qo‘rqmasa, u bilan jangga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
Inoue chempionlik unvonini 24 yanvar kuni IBF`ning majburiy raqibi Sem Gudmanga qarshi himoya qiladi.
Naoi Inoue super vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni, to‘rtta vazn toifasini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan va hech qachon mag‘lub bo‘lmagan bokschi hisoblanadi. Yaponiyalik bokschi Jahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik unvonlariga ega.
Mavzuga oid
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025