24 yanvar kuni Amerikaning Las-Vegas şahridagi Fontainebleau arenasida Matchroom Boxing kompaniyasi tomonidan professional boks oqşomida taşkil etildi. Unda özbekistonlik boksçi, yarim örta vazndagi sobiq jahon çempioni Isroil Madrimov dominikanlik Luis David Salasarga qarşi ringga kötarildi.
Madrimov butun jang davomida taşabbusga egalik qildi, oldindan ikkinçi raqam ostida harakat qilişga rozi bölgan Salazar esa himoyalandi. Sönggi raundda Isroil raqibini nokaut qilişi ham mumkin edi, ammo Salazar seriyali zarbalarga turib berdi.
Madrimov had Salazar HURT in the final round! 🤯#MuratallaCruz | Live NOW on DAZN ▪️ pic.twitter.com/jzI6f4KllK
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) January 25, 2026
Şu tariqa, 10 raundlik jang töliq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (99-91, 99-91, 99-91) Isroil Madrimov ğalaba qozondi.
Qayd etiş kerakki, özbekistonlik boksçi qariyb bir yildan buyon ringga çiqmagandi. U yelkasidan operatsiya qilingan, faqat beş hafta oldin maşğulotlarni boşlagandi.
Madrimov sönggi bor 2025 yilning 23 fevral kuni Saudiya Arabistonida WBC Interim çempionlik kamari uçun amerikalik Verjil Ortisga qarşi ringga kötarilgan va hakamlar qaroriga köra imkoniyatni boy bergan edi.
U bugungi jangdan keyin muxlislar uçun öz uslubida salto ijro etib berdi.
«Barçangizni yaxşi köraman, siz uçun jang qilaman. Madrimov qaytdi!», deya murojaat qildi u öz muxlislariga.

















