O‘zbekiston | 15:29 / 04.06.2018
13364
3 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari ijro etilishi muvofiqlashtiriladi

2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.

Qarorga muvofiq Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi.

Komissiyaga bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.

Komissiya Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari normalarini ijro etish bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qaror bilan shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotiga 1992 yildan a'zo bo‘lib, bugungi kungacha ushbu Tashkilotning 14 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan:

• Majburiy Mehnat to‘g‘risida Konventsiya (S29) - 13.07.1992 y;
• Qirq soatlik ish haftasi haqida Konventsiya (S47)-13.07.1992 y;
• Bayram kunlariga haq to‘lash haqida Konventsiya (S52)- 13.07.1992 y;
• Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida Konventsiya (S87) - 17.06.1948 y;
• Birlashish erkinligi haqida Konventsiya (S98) - 13.07.1992 y;
• Bajarilgan Mehnat uchun bir xil maosh to‘lovi haqida Konventsiya (S100) - 13.07.1992 y;
• Onalikni himoya qilish haqida Konventsiya (S103) - 13.07.1992 y;
• Majburiy Mehnatni yo‘qotish to‘g‘risida Konventsiya (S105)15.12.1997 y;
• Diskriminatsiya haqida Konventsiya (S111) - 13.07.1992 y;
• Bandlik siyosati haqida Konventsiya (S122) - 13.07.1992 y;
• Mehnatkashlarning vakillari haqida Konventsiya (S135) - 15.12.1997 y;
• Kollektiv shartnomalar haqida Konventsiya (S154)- 15.12.1997 y;
• Ishga olishda minimal yosh haqida Konventsiya (S138) – 03.2008 y;
• Bolalar mehnatini eng yomon formalarini taqiqlash va zudlik bilan choralar ko‘rish haqida Konventsiya (S182) – 03.2008 y.

Mavzuga oid