Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni xabar qildi.
Bu o‘zgarish ishchan va jozibador muhit yaratish uchun qilinayotgani ta’kidlangan.
«Lekin qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi», – dedi prezident.
«Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan „g‘alvirni suvdan ko‘tarib“, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman», – dedi davlat rahbari ma’ruzasi yakunida.
Avvalroq O‘zbekistonda 1 iyuldan pensiya, nafaqalar, 1 avgustdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025