Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda ona va uning 2022 yilda tug‘ilgan bolasi vafot etdi
Ona va bola o‘tirgan «VAZ-21011» mashinasi haydovchisi katta tezlikda harakatlangan va oldinda ketayotgan «Kamaz»ga urilgan.
Surxondaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ona va uning bir yoshga ham to‘lmagan bolasi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni Uzun tumani Chinor mahallasidan o‘tgan 4R-101 avtomobil yo‘lining 122-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Kamaz» yuk mashinasi Bobotog‘ mahallasidan Uzun tumani markazi tomon ketayotganida uning ortidan kelayotgan «VAZ-21011» mashinasi kelib to‘qnashgan. So‘ng «VAZ-21011» yo‘l chetiga chiqib ketib tut daraxtlariga urilgan.
Oqibatda «VAZ-21011» mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayol va uning qo‘lida bo‘lgan hali bir yoshga to‘lmagan bolasi og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda, «VAZ-21011» mashinasi haydovchisi qoidalarni buzgan holda juda katta tezlikda harakatlangani aniqlangan.
Mavzuga oid
07:40
Toshkent teleminorasi qarshisida Toyota, Malibu-2 va Cobalt to‘qnashdi
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
11:06 / 17.11.2024
Surxondaryoda mashina maktab o‘quvchisini urib yubordi
13:49 / 14.11.2024