Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
Andijon viloyati Marhamat tumanida «KamAZ» yuk avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda 39 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Foto: Andijon viloyati IIB
Andijon viloyati Marhamat tumanida yuk avtomobili piyodani urib yuborishi oqibatida u voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 26 aprel kuni soat 17:05 atrofida Marhamat tumani «Mustaqillik» MFY hududidan o‘tgan D-140 «Shahrixon – Asaka – Marhamat – Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 41-kilometrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli haydovchi «KamAZ-5511» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgan va uni urib yuborgan.
YTH oqibatida 39 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.