Jahon | 21:13 / 11.08.2018
28276
1 daqiqa o‘qiladi

11 avgustdan 13 avgustgacha yulduzlar yomg‘irini kuzatish mumkin bo‘ladi

Foto: pixabay

Yer aholisi bu yildagi eng ajoyib tabiat hodisalaridan biri – yulduzlar yomg‘iriga guvoh bo‘lishlari mumkin. 

Astronomlarning ma'lumotlariga ko‘ra, shu kunlarda Yer sayyorasi atrofidan meteorlardan iborat Perseida oqimi o‘tadi. Oq meteorlar bir necha soniya nur sochib turadi.

Yulduzlar yomg‘irining eng faol davri 11 avgustdan 13 avgustgacha bo‘ladi. Ushbu astronomik hodisani Yerning Shimoliy yarimsharidagi barcha odamlar kuzatishlari mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish