Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apex Development Mirabad Square loyihasining ikkinchi loti uchun sotuvni boshladi
Mirabad Square - Mirobod tumanining qoq markazida “shahar ichida shahar” konsepsiyasi asosida barpo etilayotgan, maydoni 13,73 gektarni tashkil etuvchi premium toifadagi Mixed-Use mavze hisoblanadi. Loyiha o‘z ichiga mualliflik arxitekturasiga ega 7 ta noyob rezidensiyani hamda qulay hayot, mehnat va dam olish uchun shaxsiy ekotizimni birlashtiradi.
Foto: Apex Development
Mirabad Square hududida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
— xalqaro maktab va bolalar bog‘chasi;
— maydoni 4 800 m² bo‘lgan fitnes hududi;
— A va B klassiga mansub 4 ta biznes-markaz;
— premium toifadagi klinika;
— maydoni 2,6 gektar bo‘lgan jamoat sayilgoh-bog‘i;
— shoping-avenyu.
Loyiha hududining 35% gacha bo‘lgan qismi ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlardan iborat bo‘lib, bu qulay va maxfiy shahar muhitini yaratadi.

Mirabad Square vaqtni, yuqori darajadagi xizmatni va yaqin masofadagi puxta o‘ylangan infratuzilmani qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan.
Yangi hayot darajasi o‘zining Apex Service boshqaruv kompaniyasi, rezidentlar uchun mobil ilova, konserj xizmati, mehmonxona darajasidagi lobbi va drop-off hududlari bilan ta’minlanadi.

Loyihaning birinchi loti — Mirabad Towers rezidensiyasi o‘zining yuqori investitsion salohiyatini tasdiqladi: sotuvlar boshlanganidan buyon o‘tgan 7 oy ichida xonadonlarning 81 foizi sotildi, narxlar esa 35 foizgacha oshdi.

Bugun Apex Development kompaniyasi ikkinchi lot — Regent Park rezidensiyasi sotuvlarini boshlamoqda.
25 may kuni hamkorlar va taklif etilgan mehmonlar uchun yopiq tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Apex Development kompaniyasi bosh direktori Shuxrat Shamsutdinov Regent Park konsepsiyasi hamda yangi lotning asosiy afzalliklarini taqdim etdi.

Tadbirning maxsus mehmoni — markaziy xiyobon-bog‘ loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqqan xalqaro L.BURO arxitektura studiyasining asoschisi va bosh me’mori Pyotr Lari bo‘ldi.
Regent Park’ning asosiy afzalliklari:
— har bir xonadonda Daikin markaziy konditsionerlash tizimi;
— konvektorli isitish tizimi;
— panoramali oynalar;
— Philips aqlli eshik qulflari;
— rezidentlar uchun shaxsiy infratuzilma;
— 4 314 m² maydonga ega, har faslga mos hovli-bog‘.

Rezidensiyaning bevosita yaqinida xalqaro maktab va bolalar bog‘chasini o‘z ichiga olgan ta’lim klasteri joylashadi.
Mirabad Square loyihasining ikkinchi loti uchun sotuvlar boshlangan. Hozirgi bosqichda xaridorlar premium toifadagi ko‘chmas mulkni eng qulay — boshlang‘ich sotuv shartlari asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.
APEX BANK bilan hamkorlikda 60 oygacha muddatga mo‘ljallangan foizsiz bo‘lib to‘lash dasturi mavjud.
Batafsil ma’lumot olish uchun Mirabad Square sotuv ofisiga shaxsiy maslahatga yoziling.
Sotuv ofisi manzili: Toshkent sh., Avliyo ota ko‘chasi, 124.
Telefon: (+998) 55−055−55−55
Sayt | Instagram | Telegram | Facebook
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 08.05.2026
Mirabad Square - International Property Awards tanlovida jahon miqyosida e’tirof etildi
09:00 / 23.04.2026
Apex Development kompaniyasi Mirabad Square’da ko‘chmas mulk xarid qilishning yangi formatini e’lon qiladi
11:00 / 06.03.2026
Apex Development Toshkent markazida 2,6 gektarlik jamoat xiyobon-bog‘ini barpo etmoqda
17:00 / 29.10.2025