Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1tn tola = 1ta iPhone. Ortiqxo‘jayev paxtani smartfonga qiyosladi
Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jayev bir tonna paxtani bir dona iPhone smartfoniga qiyoslar ekan, poytaxt shaharni kelgusida aql sotadigan shahar sifatida ko‘rayotganini bildirdi. U, hokimlikda OAV vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvda jurnalistning «Toshkentning o‘ziga xos jihatini nimada ko‘ryapsiz? Uning missiyasi, masalan, 10 yil yoki 100 yildan keyin nimada bo‘lishi mumkin?» degan savoliga javob berar ekan, shunday fikrlarni bildirdi.
Toshkent respublikamiz poytaxti, yuragi. Toshkent shahrida katta-katta ishlab chiqarishlarni tashkil etish muammo. Men ochiqchasiga aytaman, bugungi kundagi eng katta muammoimiz bog‘cha, maktab, universitet, shifoxona. Bularni rivojlantirib olishimiz kerak.

Biz Toshkent aholisini aqlli qilishimiz kerak. Mening niyatim, biz mehnat emas, aql sotishimiz kerak. Ya'ni Toshkent aql sotadigan shaharga aylanishi kerak. Ertalabdan kechgacha zavodda ishlashi emas. Agar biz bugun bog‘chadan, maktabdan, universitetdan boshlasak, 10 yildan keyin Toshkent aholisi mehnat emas, aql sotishi kerak.
1 tonna paxtaning mehnati qanchaligini bilamiz. Uni shuncha mehnat, qayta ishlashdan keyin 1000-1500 dollarga sotamiz. Amerika 130 gramm iPhone’ni shuncha pulga sotyapti. Ular aql sotyapti, biz mehnat sotyapmiz.
Biz kamera qo‘yib qo‘yganimiz bilan aqlli shahar bo‘lib qolmaydi. Buning uchun insonlar ongini o‘zgartirib, bugundan harakat qilishimiz kerak. Mening kelajakni ko‘rishim shu», - deb ta'kidladi hokim.
Mavzuga oid
14:25 / 25.12.2025
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
19:24 / 10.12.2025