Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
RFda elektronika bozori ishtirokchilari tan olishicha, Apple’ning mamlakatga qonuniy kiritilgan texnikasi yashirin sxemalar orqali kelayotgan mahsulotlar bilan narx bo‘yicha raqobatlasha olmaydi. Biroq rossiyaliklar bunday smartfonlarni sotib olganda katta o‘zini xatarga qo‘yadi.
Foto: Leon Neal / Getty Images
2025 yilda taxminan iPhone’larning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali — soliqlar va bojxona yig‘imlari to‘lanmasdan kirib kelgan. Bu haqda “Izvestiya” nashri 24 dekabr, seshanba kuni xabar qildi. Mobile Research Group tahlilchilarining bahosiga ko‘ra, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlanishidan oldin va shundan keyin Apple’ning Rossiya bozoridan chiqib ketishiga qadar yashirin yetkazib berishlar ulushi 10 foizdan oshmagan. Keyingi har bir yilda bu ko‘rsatkich oshib borgan va 2025 yil oxiriga kelib 70 foizga yetgan.
“Izvestiya”ga yirik distribyutorlardan biri aytishicha, Apple’ning Rossiyaga qonuniy yetkazib berilgan texnikasi narx jihatidan yashirin sxemalar bilan raqobatlasha olmaydi. Chunki bunday iPhone sotuvchilari bojxona bojlari, QQS va boshqa soliqlarni to‘lamaydi, shu bois ular iste’molchilarga mahsulotni yirik distribyutorlarga qaraganda ancha arzonroq taklif qilishi mumkin. Mobile Research Group tahlilchilari ta’kidlashicha, qonuniy va yashirin gadjetlar narxi o‘rtasidagi farq ba’zan 70 foizgacha yetishi mumkin.
Rossiyaliklar gadjetlarni import qilishdagi yashirin kanallarga nisbatan murosa bilan qaraydi: xorijiy brendlar Rossiyadan chiqib ketganidan keyin aynan parallel import texnika tanqisligi va narxlarning keskin sakrab ketishining oldini olishga yordam bergan. Ammo bunday iPhone’larni sotib olgan rossiyaliklar xavf ostida qoladi — bu texnika kafolatsiz sotiladi, o‘g‘irlangan yoki ta’mirlanib qayta tiklangan (restored/refurbished) bo‘lishi mumkin.
“Izvestiya” manbalariga ko‘ra, Rossiya hokimiyati “yashirin import”ga qarshi kurashni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda — kelasi yildan Rossiyaga texnika yetkazib berish zanjirlari tartibga solina boshlaydi.
Mavzuga oid
16:02
Rossiyaning urushga bir haftalik xarajati 75 foiz mintaqasining budjetidan ko‘p
13:00
Krasnodar o‘lkasida dron zarbasidan keyin neft mahsulotlari yonib ketdi
12:16
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
11:48