Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlarga o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun tekin foydalanishga beriladi
Ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etilishicha, o‘tgan yili 500 ta “til egalari” ish boshlagani o‘z samarasini berayapti. Bu amaliyotni kengaytirish uchun “til egalari”ni barcha maktablarga jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 ta kasb-hunar ro‘yxati tuzilib, har biri bo‘yicha o‘quv va amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Buning uchun maktablarda ustaxonalar tashkil etiladi va “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlar, usta va mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqib kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, kasb to‘garaklari tashkil etiladi.
Shuningdek, maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlarga o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun tekin foydalanishga beriladi. Ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi.
O‘quv kursini tamomlab, imtihondan o‘tgan o‘quvchilarga malaka sertifikati beriladi.
“Maqsadimiz - maktab bitiruvchisi hech bo‘lmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qo‘ysin”, deya ta’kidladi davlat rahbari.
Mavzuga oid
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
18:42 / 15.12.2025
«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
20:58 / 13.12.2025