Hujjatga muvofiq, mazkur nizom örta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, şuningdek, kadrlarni qayta tayyorlaş va malaka oşiriş taşkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkazişda yiğimlarni hisoblaş va undiriş tartibini belgilaydi.
Nizom loyihasida arizani körib çiqiş uçun yiğim bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravari etib belgilangan. Kompleks va maxsus akkreditatsiya böyiça bazaviy yiğimlar ta’lim turiga qarab belgilanadi. Jumladan, oliy ta’lim taşkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun bazaviy yiğim 420 BHM, maxsus davlat akkreditatsiyasi uçun (har bir ta’lim dasturi böyiça) 100 BHM etib körsatilgan.
Şuningdek, ta’lim taşkilotining asosiy binosi joylaşgan hududdan taşqaridagi har bir öquv binosi (kampus) uçun qöşimça ravişda 12 BHM miqdorida yiğim undirilişi nazarda tutilgan.
Qayd etilişiça, davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun amalga oşirilgan barça yiğimlar, akkreditatsiya natijasidan qat’i nazar, ta’lim taşkilotiga qaytarilmaydi. Ayrim hollarda esa ta’lim taşkilotining tölovga qobiliyatsizligi asoslantirilsa, agentlik bilan kelişilgan grafik asosida yiğimlarni bölib tölaş imkoniyati mavjud.

















