O‘zbekiston | 08:31 / 13.10.2021
34693
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident g‘olib “Zakovat”chilarni mukofotladi

"Zakovat"ning respublika bosqichi finalini tomosha qilish uchun kelgan Shavkat Mirziyoyev mukofotlash haqidagi farmonga shu yerning o‘zida qo‘l qo‘ydi.

Foto: "Zakovat" klubi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual o‘yini faol ishtirokchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Davlat rahbari 12 oktyabr kuni, breyn-ring o‘yinlarining Buxoroda o‘tgan respublika bosqichi final bahsidan keyin, bevosita jamoatchilik qarshisida ushbu hujjatga qo‘l qo‘ydi va taqdirlanganlarga shu yerning o‘zida davlat mukofotlarini topshirdi.

Mukofotlanganlar – «Zakovat» NNT direktori Abdurasul Abdullayev va chempion Xorazm jamoasi a'zolari.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Abdullayev Abdurasul Muminovich – «Zakovat» intellektual klubi» nodavlat notijorat tashkiloti direktori

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Jumanov Behzod Tursunbayevich – Gurlan tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Xodjayev Navruz Azamatovich – Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati

Xodjayev Feruzbek Kaxramon o‘g‘li – «Ishonch» do‘konlar tarmog‘ining Xiva filiali boshqaruvchisi, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Matkarimov Azamat Xurmatovich – Xiva shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Tajiyev Jamoladdin Nurlayevich – Xiva shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati

Hasanov Shodlik Bekpo‘latovich – Xorazm Ma'mun akademiyasi raisining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xorazm viloyati

Mavzuga oid