Samarqand şahridagi Kongress markazida xorijiy bozorlar uçun xalqaro standartlarga javob beradigan keng turdagi yuqori sifatli mahsulotlar körgazmaga qöyilgan.
Oliy martabali mehmonga toğ-kon, farmatsevtika, kimyo, töqimaçilik, zargarlik sanoati, qişloq xöjaligi va axborot texnologiyalari kabi sohalardagi texnologik bosqiçlar, işlab çiqariş quvvatlari, innovatsiyalar va qöllanilayotgan eng ilğor uskunalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ekspozitsiyadan yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor sanoat mahsulotlari namunalari: dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar, mineral öğitlar, töqimaçilik, trikotaj va zargarlik buyumlari, hunarmandçilik mahsulotlari, IT yeçimlari va boşqalar örin olgan.
Iordaniya yetakçisi Özbekiston mahsulotlari va sanoat salohiyatini yuksak baholadi. Davlat rahbarlari yetakçi korxonalar kooperatsiyasini kengaytiriş, özaro tajriba almaşiş va texnologiyalar transferini amalga oşiriş muhimligini ta’kidladi.




















