O‘zbekiston | 20:00 / 04.11.2020
14709
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samarqanddagi xalqaro turizm universiteti qo‘shma ta’lim bo‘yicha o‘qishga taklif qiladi

Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti 2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul e’lon qiladi. To‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari quyidagicha taqsimlangan:

Hujjatlar 2020 yil 30 oktyabrdan 8 noyabrgacha davom etadi. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • fuqarolik pasportining skaner varianti (pdf);
  • o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom) va ilovasining skaner varianti (pdf);
  • 3x4 hajmdagi rangli fotosurat elektron shakli (jpg);
  • xalqaro tan olingan chet tilini (ingliz tili) bilish darajasi haqidagi sertifikat – IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, CEFR bo‘yicha kamida V2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 ball.
  • 2020/2021 o‘quv yili uchun bo‘lib o‘tgan test sinovi natijalarining skaner varianti (agar mavjud bo‘lsa pdf).

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar hujjatlarni onlayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha topshirishlari lozim.

DIQQAT! Jo‘natilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi. Abituriyent faqat 1 ta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirish huquqiga ega.

Qo‘shma dastur bo‘yicha ta’lim oladigan talabalar «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida o‘qish davrida har bir yil uchun respublikada o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 34 baravariga teng (23 million so‘m) kontrakt to‘lovini amalga oshirishi kerak.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 95 411-40-22, +998 97 614-33-77

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid