Samarqand şahridagi yoşlar markazida ötgan yil oçilgan «Ipak yöli» xalqaro turizm universitetining yangi öquv mavsumi oçilişi bölib ötdi. Unda universitet rektori boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov qatnaşdi. Sözga çiqqan Abduhakimov 2018 yilgi prezident qarori bilan işga tuşirilgan oliygoh yuqori darajaga kötarilişi uçun köplab işlar qilinayotganini aytdi.

«Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida joriy yilgi öquv mavsumidan «double degree» tizimidagi ta'lim yölga qöyildi. Unga köra talabalar ikki yil Samarqandda, ikki yil hamkorlik qilinayotgan davlatda öqişlari mumkin. 

Universitet vakillarining aytişiça, «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetining 92% bitiruvçilari öqişni bitirgaç 6 oy içida işga joylaşadi.