Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga bordi va Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi. Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiylar kutib oldi.
8 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini avvalgi oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmi barqaror oshib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish, shuningdek, hududlar darajasida faol aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
9 may kuni O‘zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Mavzuga oid
14:17
«Ish oxiriga yetay deb qoldi». Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas
11:33
Zelenskiyning «ruxsati» va KXDR harbiylari. Moskvadagi harbiy parad qanday o‘tdi?
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026