Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrdan «dekret» to‘lovlarining bir qismini davlat to‘lab beradi
1 sentabrdan boshlab xususiy sektorda homiladorlik nafaqasi to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etiladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilib, unga joriy yilda budjetdan 170 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.
Foto: Getty Images
Sentabr oyidan boshlab homiladorlik nafaqasi («dekret») to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etilmoqda. Bu haqda prezident ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tgan videoselektorda aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishchi-xodimlarning samarali faoliyati uchun 3 ta asosiy ijtimoiy masalada (kasallik, ishsiz qolish, homiladorlik) bosqichma-bosqich kafolatli himoyalash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.
«Misol uchun, norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qilmoqda. Sababi, ko‘plab ish beruvchilar homiladorlik nafaqasini to‘lashda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun ayollarni rasmiy ishga olmaslikka harakat qiladi. Bu borada 2022 yil sentabrdan boshlab «dekret» to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etilmoqda», deyiladi xabarda.
Mazkur ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida 1 sentabrdan Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaga joriy yilda budjetdan 170 milliard so‘m ajratiladi.
Mas’ullarga 1 avgustga qadar «dekret» pullarini to‘lash jarayonini to‘liq raqamlashtirish topshirildi.
Mavzuga oid
18:46 / 17.04.2026
Voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchining qonuniy vakili instituti joriy etiladi
18:30 / 17.04.2026
Ruhiy holatida buzilish bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy xizmat tizimi takomillashtiriladi
21:24 / 17.02.2026
Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi
15:26 / 27.12.2025