Sentabr oyidan boşlab homiladorlik nafaqasi («dekret») tölovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan tölaş tartibi joriy etilmoqda. Bu haqda prezident ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötgan videoselektorda aytib ötdi.

Yiğilişda işçi-xodimlarning samarali faoliyati uçun 3 ta asosiy ijtimoiy masalada (kasallik, işsiz qoliş, homiladorlik) bosqiçma-bosqiç kafolatli himoyalaş tizimi joriy etilişi ta’kidlandi.

«Misol uçun, norasmiy sektorda ayollar uluşi 57 foizni taşkil qilmoqda. Sababi, köplab iş beruvçilar homiladorlik nafaqasini tölaşda ortiqça xarajat qilmaslik uçun ayollarni rasmiy işga olmaslikka harakat qiladi. Bu borada 2022 yil sentabrdan boşlab «dekret» tölovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan tölaş tartibi joriy etilmoqda», deyiladi xabarda.

Mazkur işlarni tizimli yölga qöyiş maqsadida 1 sentabrdan Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy suğurta jamğarmasi taşkil etiladi. Jamğarmaga joriy yilda budjetdan 170 milliard söm ajratiladi.

Mas’ullarga 1 avgustga qadar «dekret» pullarini tölaş jarayonini töliq raqamlaştiriş topşirildi.