Balakliyada ukrainlar bayrog‘i, daryo orqali tarvuz tashiyotgan xersonliklar. Urush suratlari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrain harbiylari Xarkiv oblastidagi Balakliya shahri ozod etilgani haqida gapirgan videoni e’lon qildi. «Ukraina bayrog‘i erkin ukrain osmoni ostidagi ozod qilingan ukrain shahrida!» — deya izoh beradi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzning ilk kunlaridan buyon ukrain armiyasi ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi o‘nlab aholi punktlarini ozod etishdi. Rossiyaliklar Gruziyaga ommaviy kirishi taqiqlandi, Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha esa har qanday shengen vizasiga ega rossiyaliklar uchun 19 sentabrdan boshlab mamlakatga kirishni taqiqlaydi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Peterburgda munitsipal deputatlar Davlat dumasidan Putinni urush boshlagani uchun davlatga xiyonat qilishda ayblashni talab etdi.
Quyida 8 sentabr, urushning 197-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.