KXDR taşqi işlar vaziri Çxve Son Xi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşdi va Moskva bilan Pxenyan örtasidagi hamkorlik «yengilmas harbiy şeriklik, şuningdek, yuz yillik istiqbolga ega strategik munosabatlar» darajasiga çiqayotganini aytdi. Bu haqda The Insider xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Ukrainadagi uruş boşidanoq «davlat raisi Kim Çen In heç kim va heç narsaga e’tibor bermay, özgarmas va qudratli tarzda Rossiyani «muqaddas uruşda» qöllab-quvvatlaş» haqida körsatma bergan.

«Ğalabali kungaça biz doimo rossiyalik örtoqlarimizning yonida turamiz», dedi Çxve Rossiya vaziriga. Biroq, u yordam qanday bölişiga aniqlik kiritmadi.

Çxve, şuningdek, «hozirgi vaziyat öz mamlakatidan strategik va hujumkor yadroviy qurollarni kuçaytirişni, şuningdek, yadroviy javob zarbasiga tayyorlikni oşirişni» talab etişini ta’kidladi.

Lavrov Çxvening bayonotiga javoban, ikki davlat örtasidagi munosabatlar «misli körilmagan yangi bosqiç»ga çiqqanini qayd etdi hamda «siyosiy muloqotning jadalligi nuqtai nazaridan hamkorlikning strategik xususiyatini» ta’kidladi. Şuningdek, u Rossiya va KXDR örtasidagi razvedka xizmatlari orqali aloqalar ikki davlat xavfsizligida katta rol öynaşini aytdi.

Avvalroq, iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR rahbari Kim Çen In har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi bitimni imzolagan edi.

Şundan söng, Janubiy Koreya matbuoti KXDR Ukraina bilan jang qiliş uçun Rossiyaga 12 ming askar yuborilgani haqida yozdi. Keyinroq KXDR askarlarining Uzoq Şarqdagi maşğulotlari aks etgan video paydo böldi.

KXDR Rossiyaga harbiy xizmatçilar yuborilişi haqidagi xabarlarni miş-miş deb atadi.