Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan biatlon bo‘yicha jahon chempionati mezbonligi tortib olindi
Foto: Getty Images
Rossiyaning Tyumen shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan biatlon bo‘yicha jahon chempionati boshqa mamlakatga ko‘chiriladigan bo‘ldi. Bu haqda Norvegiya biatlonchilar ittifoqi raisi Erlend Shlokvik NRK telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Mazkur qaror, Xalqaro biatlonchilar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida e'lon qilingan. Shuningdek IBU Butunjahon antidoping agentligiga (WADA) doping bo‘yicha qarorni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha rasmiy xat yuborgan.
IBU WADAga yo‘llagan maktubida taqiqlangan modda iste'mol qilgan sportchilarga nisbatan jazo muddatini sakkiz yilgacha uzaytirish, jarima miqdorini oshirish, sportchi ishtirok etadigan mamlakat uchun Jahon kubogi, Olimpida va Jahon chempionatidagi ishtirokchilari sonini qisqartirish bo‘yicha taklifni o‘rtaga tashlagan.
Mavzuga oid
14:05
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
11:42
Germaniya ayblovi: Rossiya Ukrainaga qarshi “sovuq quroli”ni ishga soldi
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
21:30 / 21.01.2026