Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefondan to‘lash qulay, lekin plastik karta yo‘q. Nima qilsa bo‘ladi?
Foto: Click
CLICK-Hamyon
Mobil telefondan to‘lovlarni amalga oshirish odatiy holatga aylanmoqda. Telefonga, internetga va boshqa xizmatlarga o‘z kartamizdan, uydan chiqmasdan turib to‘lashimiz mumkin. Lekin bank kartangiz bo‘lmasa nima qilasiz?
Javobi oddiy! CLICK-Hamyon oching!
Bu nima?
CLICK-Hamyon – CLICK to‘lov platformasining bir qismi. Bank plastik kartasiga o‘xshab, hamyoningizdagi mablag‘lardan istaganingizcha foydalanishingiz mumkin: boshqa odamlarga o‘tkazmalar, turli xizmat va xaridlarga to‘lovlar. Boshqacha qilib aytganda, bu bank plastik kartasiz ham ishlaydigan to‘lov xizmatidir.

Qanday ochsa bo‘ladi?
CLICK Evolution ilovasida “Mening kartalarim” bo‘limiga o‘ting va “Karta qo‘shish” tugmasini bosib, CLICK-Hamyonni tanlang. Ro‘yxatdan o‘tishning juda oddiy tartibi sizni faqat tug‘ilgan kuningizni kiritishni so‘raydi. Oferta bilan tanishing, va shartlariga roziligingizni tasdiqlashingiz bilan hamyoningiz ochiladi.
E'tibor berishingiz kerak, kiritilayotgan sana haqiqiy bo‘lishi lozim. Chunki qandaydir sabab bilan hamyoningiz cheklanib kolgan vaziyatda, foydalanishni qayta tiklamoqchi bo‘lsangiz, aynan yaratilayotganda kiritilgan tug‘ilgan kun sanasi so‘raladi.
Qanday to‘ldirsa bo‘ladi?
Hozircha CLICK-Hamyonni plastik kartadan yoki boshqa hamyondan pul o‘tkazmasi orqali to‘ldirish mumkin:
- Hamyon raqami orqali
- CLICK-Hamyon ulangan telefon raqami orqali.

Plastik kartadan hamyonga pul o‘tkazmalari – mutlaqo bepul!
Hamyonlar orasida o‘tkazmalar – 0.5%.
Hamyonlardan to‘lovlar – standart tariflar bo‘yicha.
CLICK-Hamyonni ochish uchun yana bir muhim vaj – hozir barcha plastik kartalararo o‘tkazmalarda (UZCARD va HUMO) siz o‘tkazma summasidan 0.5% miqdorida keshbek aynan ochilgan hamyoningizga olasiz. Ya'ni, mablag‘ yuboruvchida shunday hamyon ochilgan bo‘lsa, u avtomatik ravishda keshbek oladi.
CLICK-Hamyonlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar CLICK kompaniyaning saytida.
CLICK bilan pulingizni va vaqtingizni tejang!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:07 / 26.04.2021
Telegram’da Payme va CLICK yordamida karta orqali to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
20:00 / 07.01.2021
UNG Petro AYoQSh tarmog‘ida CLICK orqali to‘lash va Cashback olish imkoni joriy qilindi
10:58 / 28.09.2020
CLICK barcha to‘lovlardan 2%gacha Cashback qaytarmoqda
15:00 / 11.07.2020