O‘zbekiston | 10:20 / 21.03.2022
12874
3 daqiqa o‘qiladi

22 mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 22 mart kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid