Qozog‘istonda Rossiya benzini importi uch oyga taqiqlanadi
25 avgustdan boshlab Rossiyadan Qozog‘istonga benzin importi uch oyga cheklanadi. Energetika vazirligining tegishli buyrug‘i 17 avgust kuni «Qozog‘iston haqiqati» gazetasi tomonidan e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, taqiq temir yo‘l transporti orqali olib kelinuvchi 92- va 98-benzinga nisbatan qo‘llaniladi. Qozog‘iston Energetika vazirligi taqiqni Qozog‘iston neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ishlab chiqariladigan benzin profitsiti bilan bog‘lagan.
Qozog‘istonda rasmiy darajada Rossiya benzini importini taqiqlash haqida gap-so‘zlar may oyida boshlangandi. Biroq, bu masala muntazam ravishda ortga surilib keldi. 7 avgust kuni respublika energetika vaziri o‘rinbosari Bolat Akchulakov taqiq avgust oyida kuchga kirishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:52 / 17.10.2024
AI-80 benzini birjada bir yil ichida salkam 40 foizga qimmatladi. Sabab nima?
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
19:09 / 17.10.2024
Qozog‘iston bosh murabbiyi Cherchesov qozoq tili haqidagi hazili uchun jazolandi
15:59 / 17.10.2024