Putin 104 kishiga Rossiya fuqaroligini berdi: birinchi o‘rinni o‘zbekistonliklar egalladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 104 nafar xorijlikka Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekistonning sobiq fuqarolari taqdim etilgan rus pasportlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistondan 16 nafar kishi Rossiya fuqarosiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Moldovada - 14 nafar sobiq fuqaro, uchinchi - Armaniston (11 kishi).
Shuningdek, Belarus va Tojikistondan kelgan o‘n nafar shaxs, Ozarboyjondan to‘qqiz kishi, Afg‘oniston, Ukraina va Vetnamdan besh kishi, Fransiya, Turkiya hamda Isroildan ikki nafardan va Kipr, Italiya, Hindiston, AQSh hamda Germaniyadan bir kishi Rossiya fuqaroligini oldi.
Ushbu shaxslar RF fuqarosi sifatida qasamyod keltirgan kundan boshlab fuqarolikni oladi.
Mavzuga oid
21:11 / 16.09.2024
Krasnoyarskda mahalliy bozorlarda reyd o‘tkazilib, 520 migrant qo‘lga olindi
19:26 / 16.09.2024
Rossiyadagi maktabda o‘quvchi tengdoshlariga bolg‘a bilan hujum qildi
13:40 / 16.09.2024
ISW: Ukraina Rossiya chegarasini yangi joyda yorib o‘tdi
10:20 / 16.09.2024