Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mashhur brendlarning autlet markazlari ochiladi
2030 yilgacha Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari atroflarida (shahar chekkalarida) jahonga mashhur kiyim-kechak brendlarining autlet markazlari ochilishi kerak. Prezident qarorida shunday vazifa belgilandi. Autletlar milliy arxitektura uslubida quriladi.
Foto: Adobe Stock
O‘zbekistonda jahonga mashhur kiyim-kechak brendlarining autlet markazlari tashkil etiladi. Bu – turizmni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, autlet markazlari milliy arxitektura uslubida bo‘ladi va shaharlar chetlarida (atroflarida) joylashadi.
Autletlar birinchi bosqichda (2030 yilgacha) Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida, ikkinchi bosqichda (2030 yildan boshlab) turistik salohiyati yuqori boshqa aholi punktlarida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Bu topshiriq ijrosi uchun Investitsiyalar vazirligi, Turizm qo‘mitasi va mahalliy hokimliklar mas’ul.
Ma’lumot uchun, autletlar – bu kiyim-kechak brendlarining chegirmali narxdagi do‘konlari bo‘lib, ularda odatda o‘tgan mavsumdan qolgan yoki yaxshi sotilmagan tovarlar bo‘ladi. Shuningdek, ayrim brendlar aynan autletlarda sotish uchun budjet variantdagi tovarlarni ham ishlab chiqaradi, bu tovarlar brendning yuqori segmentdagi boshqa mahsulotlaridan sifat borasida farq qilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
22:19 / 19.03.2026