22:43 / 03.05.2024
15828

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi

Osiyo kubogi U23 finali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Yaponiyaga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi. Temur Kapadze shogirdlari Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqach, turnirni Osiyoning vitse-chempioni sifatida yakunladi.

Dohadagi uchrashuvning 90+1-daqiqasida Yamada tomonidan kiritilgan gol yaponlarga g‘alaba keltirdi – 1:0.

Vakillarimiz 90+9-daqiqada hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo eronlik hakam belgilagan penaltidan Umarali Rahmonaliyev foydalana olmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Osiyo kubogi finalida mag‘lub bo‘lib, kumush medaliga ega chiqdi. Yaponiya esa turnir chempioniga aylandi.

Qayd etish joiz, Kapadze shogirdlari o‘zbek futboli tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma olishdi. Shu tariqa, Yaponiya, O‘zbekiston va Iroq yozda Parij-2024da Osiyo sharafini himoya qiladi. 4-o‘rinni olgan Indoneziya pley-offda Gvineyaga qarshi o‘ynaydi.

O‘zbekiston Olimpiada S guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi o‘ynaydi.

Osiyo kubogi U23. Final
3 may (juma)
Yaponiya U23 – O‘zbekiston U23 – 1:0
Bosh hakam: Moud Bunyodifard (Eron)
VAR: Evans Robert (Avstraliya)
Gol: Yamada, 90+1
Foydalanilmagan penalti: Umarali Rahmonaliyev, 90+9 (darvozabon).
O‘zbekiston: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Saidazamat Mirsaidov (3.Zafarmurod Abdurahmatov, 75), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 10.Jasurbek Jaloliddinov, 17.Diyor Xolmatov (15.Umarali Rahmonaliyev, 90+5), 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 90+5), 20.Ruslan Jiyanov (9.Ulug‘bek Hoshimov, 75), 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.

Yaponiya: 1.Leo Kokubo, 4.Xiroki Sekine, 5.Seiji Kimura, 22.Kota Takai, 21.Ayumu Oxata, 8.Joel Chima, 7.Rihito Yamamoto (6.Sota Kavasaki, 72), 17.Kuryu Matsuki (13.Ryotaro Araki, 62), 9.Shota Fujio (20.Xirakava, 62), 19.Mao Xosoya, 10.Kein Sato (11.Fuki Yamada, 72).

Ogohlantirishlar: Shota Fujio (7), Mao Xosoya (16), Seiji Kimura (75), Abduvohid Ne’matov (79).

Top