Yarimfinalgaça jamoalar qanday yetib keldi?
Özbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogi U23 turniri guruh bosqiçini Malayziya ustidan ğalaba bilan boşlagan bölsa, keyingi ikki turda Kuvayt va Vetnam yirik hisoblarda mağlub etildi. Bu esa Temur Kapadze şogirdlariga guruh bosqiçini eng yaxşi natija – +10 gollar nisbati bilan yakunlab, muddatdan avval pley-offga çiqişini ta’minladi. Çorakfinalda esa Özbekiston 2022 yilgi Osiyo kubogi U23 finalida Saudiya Arabistonidan uçralgan alamli mağlubiyat uçun revanş oldi va yarimfinalga çiqdi.
Turnir kaşfiyotiga aylangan Indoneziya esa Qatardagi musobaqani mezbonlardan uçralgan mağlubiyat bilan boşlagan edi. Qolgan ikki turda Avstraliya va Iordaniya ustidan erişgan kutilmagan ğalabalar esa indoneziyaliklarga çorakfinal yöllanmasini taqdim etdi. Yarimfinal uçun kuraşda esa bu raqib jamoa navbatdagi sensatsiyaga qöl urdi – Janubiy Koreya penaltilar seriyasida mağlub etildi. Şu tariqa, Indoneziya öz tarixida debyut Osiyo kubogida koreyalik mutaxassis Sin Txe Yon boşqaruvida yarimfinalga çiqdi. Bu natija aholisi 275 million kişidan köproq bölgan Indoneziyada futbol bayramiga aylanib ketdi. Bu mamlakatda ham Özbekistonga qarşi uçraşuv katta qiziqiş bilan kutilmoqda.
Özbekiston U23 natijalari:
1-tur. Özbekiston – Malayziya – 2:0
2-tur. Özbekiston – Kuvayt – 5:0
3-tur. Özbekiston – Vetnam – 3:0
Çorakfinal. Özbekiston – Saudiya Arabistoni – 2:0

Indoneziya U23 natijalari:
1-tur. Indoneziya – Qatar – 0:2
2-tur. Indoneziya – Avstraliya – 1:0
3-tur. Indoneziya – Iordaniya – 4:1
Çorakfinal. Indoneziya – Janubiy Koreya – 2:2 (penalti – 11:10)
Özaro öyinlarda ustunlik
Temur Kapadze boşçiligidagi olimpiyaçilarimiz Indoneziya bilan sönggi va yagona marta bir yil avval – 2023 yilning 28 sentabr kuni Osiyo Öyinlari 1/8 finalida özaro röbaro‘ kelişgandi. Öşanda Şerzod Esanovning qöşimça bölimlarning 92 va 120+1-daqiqada kiritgan goli Özbekiston olimpiya jamoasiga çorakfinal yöllanmasini taqdim etgandi.















