ÖFA Qatar maydonlarida ötayotgan U23 Osiyo kubogida barça legionerlarimizni olimpiya jamoamizga jalb etişga muvaffaq bölgan edi. Xususan, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş böyiça kelişuvga erişilgan edi. Şu sababli, uşbu ikki futbolçi öz jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim öyinlarga tayyorgarlik köriş uçun klublari safiga yöl olmoqda.

«ÖFA uşbu tarixiy vazifani qayd etişda legionerlarimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelişida kömaklaşgani uçun «Lans» va «Al-Vahda» klubiga minnatdorçilik bildiradi», - deyiladi taşkilot xabarida.

Ma’lumot uçun, uşbu turnir FIFA şafeligidagi musobaqa emasligi va FIFA kunlarida ötmayotgani sababli klublar öz öyinçisini olimpiya jamoalariga qöyib yuborişga majbur emas. Final 3 may kuni bölib ötadi.