Osiyo kubogi U23 finalida Yaponiyaga minimal hisobda mağlub bölgan Özbekiston olimpiya jamoasining Parij-2024da qaysi guruhdan joy olişi oydinlaşdi.
Temur Kapadze şogirdlari Osiyoning ikkinçi raqamli jamoasi sifatida 16 jamoa iştirok etadigan turnirning «S» guruhidan örin olişdi. Raqiblarimiz – Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi böladi.
Özbekiston guruh bosqiçini Yevropa vitse-çempioni sanalmiş Ispaniyaga qarşi öyin bilan boşlaydi. Ikkinçi turda esa Afrikaning ikkinçi jamoasi bölgan Misrga qarşi saf torsa, 3-turda musobaqaga Şimoliy Amerikaning 2-jamoasi sifatida kelgan Dominikanga qarşi öynaydi.
«S» guruhi taqvimi bilan tanişing:
1-tur. 24 iyul
18:00. Özbekiston – Ispaniya
20:00. Misr – Dominikan
2-tur. 27 iyul
18:00. Dominikan – Ispaniya
20:00. Özbekiston – Misr
3-tur. 30 iyul
18:00. Dominikan – Özbekiston
20:00. Ispaniya – Misr
Öyinlar Toşkent vaqti bilan körsatilgan.











