Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
U tadbirkordan 40 ming dollar pora olib, qochib ketgan.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Fuqaro o‘z arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. tomonidan “B.H.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun pul mablag‘lari talab qilganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
“Ushbu ariza asosida joriy yilning 7 oktabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Sh. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSh dollarini olib, jinoiy ta’qibdan qutulish maqsadida noma’lum tomonga yashiringan (40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan)”, – deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a“ bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Mavzuga oid
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
08:48 / 04.05.2026