Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenhe va Li Şangfu hukm ijrosini ikki yilga keçiktirgan holda ölim jazosiga hukm qilindi. Davlat naşrlariga köra, Vey va Li korrupsiyada ayblangan.

Xinhua davlat axborot agentligi aniqlik kiritişiça, harbiy sud tomonidan çiqarilgan hukmdagi ijroni ikki yillik keçiktiriş amalda uşbu muddat tugagaç, jazo avtomatik ravişda umrbod qamoq jazosiga almaştirilişini anglatadi. Hukmda jazoni yengillaştiriş yoki muddatidan ilgari şartli ozod qiliş nazarda tutilmagan.

Bundan taşqari, ikkalasi ham umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etildi va barça mol-mulki musodara qilindi.

Vey Fenhe – 1954 yilda tuğilgan, Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi generali, 2018–2023 yillarda Xitoy mudofaa vaziri bölgan. Bungaça u mamlakatning yadroviy va raketa arsenali uçun mas’ul bölgan Raketa qöşinlariga qömondonlik qilgan.

Li Şangfu – 1958 yilda tuğilgan, Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi generali, muqaddam harbiy xaridlar va qurollarni işlab çiqiş dasturlarini boşqargan, şuningdek, Xitoyning aerokosmik sanoatida işlagan. 2018 yilda u Rossiya qurollarini sotib olgani uçun AQŞ sanksiyalariga uçragan edi. U 2023 yil martida Vey Fenhe örniga Xitoy mudofaa vaziri bölgan, lekin bu lavozimda öşa yil oktyabrigaça işlagan. Şu bilan birga, u iste’foga çiqarilgani va qölga olingani rasman e’lon qilinişidan ikki oy oldin ğoyib bölib qolgandi.

Yaqinda Xitoy armiyasida oliy qömondonlik tarkibida tozalaş ötkazilgandi. Xorijdagi naşrlarda harbiy qömondonlar XXR raisi Si Jinpingni hokimiyatdan ağdarişga tayyorgarlik körgani haqida miş-mişlar çiqqan, ammo rasmiy versiyaga köra, uşbu köp sonli iste’folar korrupsiyaga qarşi kuraş bilan boğliq edi.

Fevral oyida Si Jinping armiya «korrupsiyaga qarşi kuraşda inqilobiy sinovdan ötgani»ni ma’lum qildi.

Undan oldinroq, yanvar oyida harbiy iyerarxiyadagi eng yuqori martabali şaxs, Markaziy harbiy kengaş raisi örinbosari, 75 yoşli general Çjang Yusya (kengaş raisi Sining özi) va yana bir yuqori martabali harbiy tergov qilinayotgani xabar qilingandi.

2025 yil oktyabrida esa töqqiz nafar general, jumladan, Markaziy harbiy kengaşning uç nafar a’zosi Kommunistik partiyadan çetlatilgandi.

Natijada, yanvar oyida Markaziy harbiy komissiyada odatdagi yetti a’zo örniga faqat ikki kişi qolgandi: Sining özi va armiyadagi korrupsiyaga qarşi kuraşni nazorat qilgan general Çjang Şanmin.

Si Jinping hokimiyat tepasida turgan 13 yil davomida bir neça bor korrupsiyaga qarşi katta kampaniyalar olib borgan.