O‘zbekiston | 14:27 / 24.03.2023
11628
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlashda drondan foydalanish boshlanadi

Foto: AP

Vazirlar Mahkamasining “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2023 yil 1 oktabr kuniga qadar aholi yashash punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlik yoki hodisalarni, qidiruvdagi transport vositasini aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda yordam ko‘rsatishda tezkorlikka erishish maqsadida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Ichki ishlar vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimini loyiha-texnik hujjatlarini quyidagilarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi:

yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni, shu jumladan foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida shakllantirilayotgan ma’lumotlarni o‘zida markazlashgan holda jamlovchi Yagona axborot tizimining Ma’muriy amaliyot moduli.

Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2021 yil 8 iyuldagi 431-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Mavzuga oid