Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qor bo‘ronida qolib ketgan 10 nafar fuqaro qutqarildi
Dehqonobod tumanida kuchli shamol sabab kuzatilgan qor bo‘roni oqibatida avtomobil yo‘lida bir nechta mashina harakati cheklanib, fuqarolar yo‘lda qolib ketgan. Hodisa yuzasidan FVV qutqaruvchilari 10 nafar fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqdi.
Foto: FVV
Kecha, 23 yanvar kuni soat 18:00 da Qashqadaryo viloyati FVBga Dehqonobod tumanining «Mustaqillik» MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida kuchli shamol natijasida qor bo‘roni kuzatilgani haqida murojaat kelib tushgan. Xabarda aytilishicha, ob-havoning keskin yomonlashishi sabab yo‘lning ayrim qismlarida bir nechta avtomobillarning harakati cheklangan va fuqarolar yo‘lda qolib ketgan. Ularga tezkor amaliy yordam zarur bo‘lgan.
Murojaat asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus yo‘l tanlamas avtomobilda ko‘rsatilgan manzilga yo‘l olgan. Qutqaruv ishlari davomida qiyin ahvolga tushib qolgan 10 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
FVV fuqarolarni qishki mavsumda ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi mumkinligini inobatga olib, yo‘lga chiqishdan oldin havo ma’lumotlarini kuzatib borish, zarur hollarda yo‘lga chiqmaslik hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor xizmatlarga murojaat qilishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
09:48 / 23.03.2026
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi
19:23 / 22.03.2026
Boysunda jarlikka tushib ketgan ayol qutqarildi
12:12 / 20.03.2026