Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarda aholini erta ogohlantirish tizimi qamrovini kengaytirish maqsadida 272 ta masjidga maxsus texnik uskunalar o‘rnatildi.
Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev
BMT Taraqqiyot dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda favqulodda holatlarda aholini tezkor xabardor qilishga qaratilgan innovatsion texnik yechimni joriy etdi.
Mazkur tashabbus doirasida aholi punktlariga yaqin joylashgan masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu orqali FVVning tezkor xabarlari masjidlarning tashqi ovoz kuchaytirgichlari yordamida keng jamoatchilikka yetkaziladi.
Hozirga qadar bunday uskunalar Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 272 ta masjidda o‘rnatildi.
Loyiha hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu tizim taxminan 6,5 million nafar aholini qamrab olish imkonini beradi. Shu jumladan, ayollar, erkaklar, bolalar hamda aholining zaif qatlamlariga tezkor axborot yetkazish imkoniyati kengayadi.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, masjidlar deyarli barcha aholi punktlarida mavjud ekani, shuningdek 500 metrdan 2000 metrgacha eshitilish radiusini ta’minlaydigan tashqi ovoz kuchaytirgichlar bilan jihozlangani ushbu tanlovning asosiy omillaridan biri bo‘lgan.
Ushbu ogohlantirish kanali mobil aloqa yoki elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan vaziyatlarda ham tezkor xabarlarni uzatish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Qo‘shimcha ravishda, BMTTD ko‘magi va Yashil iqlim jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida aholini ogohlantirish maqsadida asosiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab hamda odamlar gavjum joylarda 28 ta tashqi keng formatli ekran ham o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
22:04 / 23.05.2026
Piskentda daryo o‘rtasida qolib ketgan fuqaro qutqarildi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:46 / 18.05.2026