Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabz shahrida qiymati 8,5 million dollar bo‘lgan professional ta'lim Markazi tashkil etiladi
16 fevral kuni Toshkent shahrida “Shahrisabz shahrida professional ta'lim Markazini tashkil etish va O‘zbekistondagi professional o‘quv Markazlari salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha konsalting” loyihasi doirasida Birinchi forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi Ofisi va O‘zbekiston Mehnat vazirligi tomonidan o‘tkazildi.
“Shahrisabz shahrida professional ta'lim Markazini tashkil etish va O‘zbekistondagi professional o‘quv Markazlari salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting” loyihasining qiymati 8,5 million AQSh dollarini tashkil etadi.
KOICA Ofisi direktori Im Jong Xining ta'kidlashicha, Koreya va O‘zbekiston ta'lim, sog‘liqni saqlash va suv resurslarini boshqarish, shuningdek, elektron hukumat yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin o‘zaro hamkorlikni davom ettirmoqda. KOICA professional tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratadi. 2012 yilda Toshkent professional ta'lim markazi foydalanishga topshirildi, unda shu kunga qadar 2800dan ortiq shaxs yuqori sifatli ta'lim oldi. Shuningdek, Samarqand shahrida o‘tgan yilning oktabr oyida qurilgan va foydalanishga topshirilgan professional ta'lim Markazi o‘z faoliyatini barqaror olib bormoqda. Bundan tashqari, joriy yildan boshlab KOICA qo‘llab-quvvatlashi ostida Shahrisabz shahrida uchinchi professional ta'lim Markazini qurish ishlari davom ettirilmoqda.
KOICA Ofisi direktorining ta'kidlashicha, ushbu birinchi forum loyiha bo‘yicha oraliq hisobotni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston professional ta'lim sohasidagi qonunchilik, foydalanish sohasidagi hujjatlarni ishlab chiqishni muhokama qilish uchun tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar kelajakdagi rejalar haqida ham fikr almashishdi.
Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan o‘zaro strategik hamkorlik doirasida qo‘lga kiritilayotgan samarali natija va yutuqlarga, ikki xalq o‘rtasidagi birodarlik rishtalarining yanada kuchayib borayotganini va amalga oshirilayotgan loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, A. Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta'minlash masalalari, O‘zbekiston Hukumatining diqqat e'tiborida ekanligini qayd etib o‘tdi. Bu o‘rinda, ishsizlarni va band bo‘lmagan aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarga qayta o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi KOICA bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Shahrisabz shahrida navbatdagi zamonaviy Kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilayotganligi aytib o‘tildi.
Eng muhimi, bu markazlarni bitirib chiqqan fuqarolarimizning birortasi ham ishsiz qolmaydi, barchasi ish beruvchilar bilan avvaldan tuzilgan shartnoma asosida to‘liq ish bilan ta'minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va KOICA o‘rtasida hamkorlik bu bilan chegaralanib qolmasligini: bugungi kunda imzolangan hukumatlararo Kelishuv doirasida Urganch va Qo‘qon shaharlarida ham shunday Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar jadal boshlanganligi qayd etildi.
Mavzuga oid
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
08:50 / 18.12.2025