Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati ot sportini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hudud sifatida belgilandi
Prezidentning «Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjatda yilqichilik va ot sportini hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari belgilandi.
Qashqadaryo viloyati respublikada ot sportini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hudud sifatida belgilandi. Shuningdek, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli sport majmualari DXSh asosida barpo etiladi.
Quyidagilar ajratiladi:
- sof zotdor otlarni urchitish va ko‘paytirish, yosh otlar rivojlanishi va o‘sishi, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarish, intensiv ot bo‘rdoqichiligini tashkil etish va otlardan olingan mahsulotlar turlarini kengaytirish uchun yer maydonlari;
- ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida noyob zotdor sport otlarini ko‘paytirish uchun davlat budjetidan 3 yil davomida 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratish va ustuvor ravishda respublika ot zavodlarida ko‘paytirilgan noyob zotdor sport otlari hisobidan ta'minlash yo‘lga qo‘yiladi.
Har bir olimpiya zaxiralari kollejida 2021-2025 yillar davomida ot sporti bo‘limlari tashkil etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzurida Naslli va sport otlarini yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etiladi.
«Universal Jumping Agro» MChJ (investor) tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, «Mevazor» MFY hududida zamonaviy ko‘p tarmoqli sport kompleksi hamda mahalliy va xorijiy turistlar dam olishini tashkil qilish uchun yopiq suzish havzasi, mehmonxona, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari, savdo-ko‘ngilochar va dam olish infratuzilmalari, avtotransport vositalari turar joylari, ippodrom, stadion, yengil atletika bilan shug‘ullanish uchun maydon va boshqa obektlar barpo etiladi.
Istisno tariqasida, investor tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasi hamda markazni tashkil etish bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari uchun to‘lovlar undirilmaydi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi ot sporti bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning uch bosqichli tizimi joriy etiladi:
- I bosqichda – ot sport klublari, ot sporti maktablari, seksiyalar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar (tuman/shahar bosqichi);
- II bosqichda – tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib chiqqanlar, jamoalar o‘rtasidagi musobaqalar (viloyat bosqichi);
- III bosqichda – hududlarda tashkil etilgan sport musobaqalarida g‘olib chiqqanlar, jamoalar o‘rtasidagi musobaqalar (respublika chempionati, birinchiligi, kubogi) (respublika bosqichi).
Belgilanishicha, ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimiga kiradi. Ularga metodik ko‘maklashish Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Polo federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2021 yil 1 apreldan boshlab ot sportini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadigan «zootexnik», «veterinar-shifokor», «feldsher-veterinar», «usta-chavandoz», «ot parvarishlovchi», «taqachi» mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar to‘lanadi.
«Universal Jumping Agro», «O‘zbegim Otlari» va «Oltin Taqa Qo‘shuv» MChJlarning yilqichilik va ot sporti majmualari keyingi 3 yil davomida respublikada naslli otlarni ko‘paytirish va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot bazalari funksiyasini bajaradi.
Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi a'zosi hisoblangan nodavlat ot zavodlari (majmualari), klublari, maktablar (muassasalar) har yili xorijdan quyidagi taqsimotga asosan naslli va sport otlari olib kelish orqali doimiy ravishda zotdor otlar sonini ko‘paytirish choralarini ko‘radi:
- mavjud ot boshi 50tagacha bo‘lsa – 2ta ot;
- 50tadan 100tagacha bo‘lsa – 3ta ot;
- 100tadan 400tagacha bo‘lsa – 4ta ot;
- 400tadan ko‘p bo‘lsa – 5ta otga.
2025 yilning 1 yanvariga qadar:
- O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda uning a'zolari mol-mulk, yer solig‘i va qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘idan;
- ippodromlar, ot sporti klublari va sport maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqalar, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar, vitaminlar, uskunalar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) ozod etiladi.
Mavzuga oid
19:12 / 26.06.2023
Milliy gvardiyaning ot sporti maktabiga 200 ming dollarlik otlar xarid qilinadi
08:18 / 07.10.2021
Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi «Millatlar kubogi»ning final bosqichida qatnashdi
08:02 / 16.08.2021
Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi
09:57 / 06.08.2021